AQŞ prezidenti Donald Tramp 2026 yil 14 iyun kuni Oq uy hududida UFC şafeligida jang ötkazilişini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sana tasodifan tanlanmagan - 14 iyun 80 yoşga töladigan Donald Trampning tuğilgan kuniga, şuningdek, AQŞ bayroği kuniga töğri keladi.

Tadbir Oq uyning Janubiy maysazorida (South Lawn) ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, bu prezident qarorgohi hududida professional sport jangi ötkaziladigan birinçi holat böladi.

UFC prezidenti Dana Uayt uzoq vaqtdan beri Tramp bilan döstona munosabatda bölib kelgan. U bir neça bor uning kampaniyalarida qatnaşgan va ommaviy ravişda qöllab-quvvatlagan.

Reuters ma’lumotlariga köra, şouni taşkil etiş uçun taxminan 700 ming dollar kerak böladi - jumladan, janglardan keyin Oq uydagi maysazorni tiklaş uçun ham.

UFC brendiga egalik qiluvçi TKO Group Holdings boş kompaniyasi bölajak tadbirga hozirça rasman izoh bermadi.

Sana allaqaçon e’lon qilingan bölsa-da, janglar xaritasi hali tasdiqlanmagan. Dana Uayt intervyuda jangçilar bilan muzokaralar keyinroq boşlanişini, Konor MakGregor bilan şartnoma haqidagi miş-mişlar esa «haqiqatga töğri kelmasligini» ta’kidladi.

Bundan taşqari, Oq uy ham tadbir ötkazilişini oçiq tasdiqlamadi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, prezident qarorgohi hududida bölib ötadigan UFC jangi savollar tuğdirişi mumkin - xavfsizlik va moliyalaştirişdan tortib, bunday şouning ramzlari va etikasigaça.

Avvalroq janglarni 2026 yil 4 iyul - AQŞ Mustaqillik kunida ötkaziş ğoyasi muhokama qilingan edi, biroq «logistika sabablariga» köra sana iyunga köçirildi.

UFC va Oq uy hozirça tafsilotlar, jumladan, tomoşabinlar soni, iştirokçilar röyxati va translatsiya formati ustida işlamoqda.

UFC (Ultimate Fighting Championship) - aralaş yakkakuraş janglari (MMA) böyiça dunyodagi eng yirik taşkilot. 1993 yilda AQŞda taşkil etilgan. Bugungi kunda u önlab mamlakatlarning eng yaxşi jangçilarini birlaştirgan jahon brendi bölib, 170 dan ortiq mamlakatlarda turnirlarni translatsiya qiladi.

UFC oktagon-arena (sakkizburçakli ring) formatini ommalaştirdi va jangovar mahorat, şou va biznes uyğunlaşgan zamonaviy sport sanoatining ramziga aylandi. Taşkilot prezidenti - Dana Uayt, 2001 yildan beri uni boşqaradi. 2023 yildan beri UFC WWE (kuraş şousi) bilan birlaştirilgan TKO Group Holdings korporatsiyasi tarkibiga kiradi.