Özbekistonda 2017 yilning 1 aprelidan boşlab, tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölganlarni onlayn tarzda keçasi va kunduzi röyxatga oliş amaliyoti yölga qöyiladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 28 oktabrda qabul qilgan “Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş tizimini takomillaştiriş töğrisida” qarori bandida şu haqda söz yuritilgan.
Mazkur hujjat bilan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar kompleksi ma'qullangan.
Qarorga köra, 2017 yil 1 aprelidan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalaşgan Tizim orqali tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan keça-yu kunduz ötkaziş va hisobga oliş ta'minlanadi.












