Osiyo taraqqiyot banki Özbekistonning Toşkent viloyatida suv ta'minotini yaxşilaş uçun 120 mln dollar miqdorida kredit ajratişga qaror qildi.
OTB matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, uşbu mablağlar poytaxt viloyati Qibray va Zangiota tumani aholisi uçun içimlik suvi ta'minotini yaxşilaşga yönaltiriladi. Loyiha amalga oşirilgaç, 260 mingdan ortiq odam xavfsiz içimlik suvining uzluksiz ta'minotiga ega böladi.
Bundan taşqari, şaxsiy xöjaliklar va korxona hamda tadbirkorlik subektlarining suvga bölgan xarajatini kamaytiriş barobarida turmuş darajasini oşirişga xizmat qiladi.
OTBga köra, ikkala tuman ham Toşkent viloyati iqtisodiyotiga sezilarli hissa qöşadi. Tumanlar agrosanoat va tekstil sanoatida ulkan salohiyatga ega. Ayrim ma'lumotlarga köra, Zangiota tumanida yangi maxsus sanoat hududi taşkil etilişi ham mumkin.
Özbekiston 1995 yildan OTB a'zosi hisoblanadi. Ötgan davr mobaynida respublika xalqaro moliya muassasasidan 5,1 mlrd dollar kredit va 64,9 mln dollar texnik kömak grantlari olgan.












