Bolgariya sotsialistik partiyasidan nomzod bölgan general Rumen Radev mamlakat prezidentligi uçun ötkazilgan saylovlarda ğolib böldi. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga köra, ovozlarning 99,33 foizini hisoblab çiqilgan.

TASS agentligi xabarida qayd etilişiça, Radevga saylovçilarning 59,35 foizi ovoz bergan. Uning «Fuqarolar Bolgariyaning yevropaça rivojlanişi tarafdori» partiyasidan raqibi Tsetska Tsaçev esa 36,17 foiz ovoz yiqqan.

Hukumatdagi «Fuqarolar Bolgariyaning yevropaça rivojlanişi tarafdori» partiyasi öz nomzodining mağlubiyatini tan oldi. Partiya yetakçisi, mamlakat boş vaziri Boyko Borisov yaqin kunlarda iste'fo beriş niyatini ma'lum qildi.