Bolgariya milliy radiosi maʼlumotiga köra, 1-noyabr kuni ötkazilgan ovoz beriş natijalarining «Myara» agentligi amalga oşirgan parallel hisobida Yotova va vitse-prezidentlikka nomzod Kirill Vilçev juftligi 58,2 foiz ovoz olgan. Sobiq boş vazir Andrey Gyurov va Georgi Kandev juftligini esa 38,6 foiz saylovçi qöllab-quvvatlagan.

Alpha Research agentligining parallel sanoğida ham Yotova oldinda - uning natijasi 57,4 foizni, Gyurovniki esa 39,6 foizni taşkil etgan. Bu körsatkiçlar rasmiy yakuniy natijalar emas.

Andrey Gyurov brifingda mağlubiyatini tan olib, natijalar özi uçun kutilmagan bölsa-da, ularni qabul qilişini aytgan. Uning fikriça, Bolgariyani «oğir davrlar» kutmoqda, ammo mamlakat umumiy vazifalarni hal qiliş uçun birlaşiş yöllarini izlaşi kerak.

«Heç narsa behuda bölmadi, eng yaxşisi hali oldinda. Biz rivojlaniş uçun yaxşi asos yaratdik», - degan Gyurov.

Agar rasmiy natijalar ham Yotovaning ğalabasini tasdiqlasa, u Bolgariyada prezidentlik saylovida ğalaba qozongan birinçi ayol böladi. Yotova 2026-yil yanvarda Rumen Radev muddatidan oldin isteʼfoga çiqqanidan söng vitse-prezident lavozimidan davlat rahbarligiga ötgan edi.

«Myara» agentligi maʼlumotiga köra, ikkinçi turda saylovçilarning 27,2 foizi ovoz berişda qatnaşgan. Bu birinçi turdagi 23 foizlik körsatkiçdan biroz yuqori.

25-oktabrda ötkazilgan birinçi turda prezidentlik uçun kuraşgan 27 nomzodning heç biri ğalaba uçun zarur köpçilik ovozni töplay olmagan. Yotova 34,76 foiz, Gyurov 31,95 foiz ovoz olgan. Millatçi «Uyğoniş» partiyasi vakili Kostadin Kostadinovni esa 12,54 foiz saylovçi qöllab-quvvatlagan.

DW qayd etişiça, bu saylov Bolgariyaning taşqi siyosati, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga munosabati va Moskva bilan aloqalari nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.

Sobiq jurnalist va Yevropa parlamenti deputati Yotova, özidan avvalgi prezident Rumen Radev kabi, siyosiy raqiblariga nisbatan Rossiyaga iliqroq munosabatda. Gyurov esa yevropaparast qaraşlarni ilgari surib, liberal-konservativ muxolifat qölloviga tayangan.

Bolgariya prezidenti beş yil muddatga saylanadi. Birinçi turda ğalaba qozoniş uçun saylovçilarning kamida yarmi iştirok etgan şaroitda ovozlarning yarmidan köpini oliş talab qilinadi. Aks holda, eng köp ovoz olgan ikki nomzod ikkinçi turda kuraşni davom ettiradi.