DW Bolgariya Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, mazkur natijalar byulletenlarning 95,3 foizi hisoblab çiqilganidan keyin eʼlon qilingan.

25-oktabrdagi ovoz berişda saylovçilar iştiroki atigi 22,2 foizni taşkil etgan. Bu prezidentni birinçi turda saylaş uçun talab qilinadigan 50 foizdan yuqori iştirok darajasidan ança past.

Saylov kampaniyasining dastlabki bosqiçi kam sonli mitinglar, teledebatlar ötkazilmagani va asosiy nomzodlarga qaratilgan şaxsiy hujumlar bilan keçgan. Sönggi haftalarda esa Ukrainaga yordam beriş masalasidagi qaraşlar farqi asosiy mavzulardan biriga aylangan.

Iliyana Yotova uruşni diplomatik yöl bilan tugatiş tarafdori ekanini bildirgan. U Bolgariya harbiylari Ukrainaga yuborilmasligiga saylovçilarni işontirişga uringan, garçi bu masala keng jamoatçilik muhokamasining asosiy mavzusi bölmagan bölsa ham.

Ğarb tarafdori sifatida taʼriflanayotgan Andrey Gyurov esa avvalroq Ukrainani qöllab-quvvatlagan. U hukumatga rahbarlik qilgan davrida Kiev bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzolagan.

Saylov kampaniyasiga Qora dengizdagi xavfsizlik bilan boğliq hodisalar ham taʼsir körsatgan. Oktabr oyida Bolgariya sohillari yaqinida törtta savdo kemasi taxminlarga köra dronlar hujumiga uçragan. Sofiya yaqinidagi Starlink stansiyasi esa öt qöyilişi oqibatida zararlangan.

Naşrga köra, Yotova va Rumen Radev boşçiligidagi hukumat bu hodisalarga ehtiyotkor munosabat bildirib, ularga aniq baho bermagan va aybdorlarni nomlamagan.

Bolgariyada prezidentning vakolatlari çeklangan bölsa-da, u mamlakatni xalqaro maydonda namoyon etadi va oliy boş qömondon hisoblanadi. Şuningdek, boş prokuror va oliy sudlar rahbarlarini tayinlaş töğrisidagi farmonlarni imzolaydi, konstitutsiyada belgilangan şaxslar doirasidan vaqtinça boş vazir tayinlaydi hamda parlament qabul qilgan qonunlarga veto qöyiş huquqiga ega.