DW xabariga köra, Bolgariya mudofaa vaziri Dimitar Stoyanov 28-oktabr kuni ötkazilgan brifingda hujum mamlakatning mutlaq iqtisodiy zonasida sodir bölganini bildirgan.

Liberiya bayroği ostida harakatlangan kema Şabla şahridan taxminan 21 dengiz mili - qariyb 39 kilometr janubi-şarqda uçta uçuvçisiz dengiz apparati zarbasiga uçragan.

Dronlar haqida Fransiya samolyoti xabar bergan

Bolgariya Mudofaa vazirligi maʼlumotiga köra, Contship Jet Ruminiyaning Konstansa portiga ketayotgan bölgan. Bolgariya radiosi esa kema Isroilning Hayfa portidan yölga çiqqanini xabar qilgan.

Dengiz dronlari kuzatilgani haqidagi maʼlumot Qora dengizning ğarbiy qismi ustida parvoz qilayotgan Fransiya dengiz patrul samolyotidan kelib tuşgan.

Şundan söng Bolgariya harbiy-dengiz kuçlari qutqaruv operatsiyasini ötkazib, kemadagi barça 18 kişini olib çiqqan. Hujum uçun kim javobgar ekani hozirça aniq emas.

Sofiyada uç davlat vakillari şoşilinç yiğildi

28-oktabr kuni Sofiyada Bolgariya, Ruminiya va Turkiya mudofaa vazirlari hamda ştab boşliqlarining şoşilinç yiğilişi bölib ötgan. Unda Qora dengizda fuqarolik kemalari qatnovi xavfsizligi muhokama qilingan.

DW maʼlumotiga köra, sönggi haftalarda Bolgariya sohillari yaqinida kamida oltita savdo kemasi hujumga uçragan.

Ukraina bu hujumlar uçun Rossiyani ayblamoqda. Bolgariya boş vaziri Rumen Radev esa ular, aftidan, Rossiya manfaatiga xizmat qilayotganini aytgan. Rossiya rasmiylari hujumlarga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etmoqda.