Şveytsariyaning Casale SA kompaniyasi Özbekistondagi yirik kimyo korxonasi bölgan «Navoiyazot» AJni modernizatsiya qilişga kirişdi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar bergan.

Loyihani moliyalaştiriş yölga qöyilgan, pudratçi texnologik uskunalarni tayyorlaşga kirişilgan.

Bu investitsion loyihasini realizatsiya qiliş orqali «Navoiyazot»da yillik quvvati 500 ming tonna azot kislotasi işlab çiqariş taşkil etiladi.

2016 yil boşida Casale «Navoiyazot» bilan qiymati 177 million dollarlik azot kislotasi işlab çiqariş liniyasini quriş böyiça şartnoma imzolagandi.

Loyihada yangi energetik va texnologik uskunalar asosida azot kislotasi işlab çiqariş agregatlarini rekonstruksiya qiliş közda tutilgan. Modernizatsiyalaş asnosida konsentratsiyalanmagan azot kislotasini işlab çiqariş quvvati 1,4 baravarga – yiliga 500 ming tonnagaça oşadi. Loyihani amalga oşiriş muddati 2019 yilning birinçi yarmi etib belgilangan.

Umumiy qiymati 216,7 million dollarni taşkil etuvçi loyiha Özbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamğarmasi, xorij kreditlari va mamlakat kimyo sanoati korxonalari faoliyatini nazorat qiluvçi «Özkimyosanoat» AJ mablağlari hisobiga moliyalaştiriladi.

1964 yilda faoliyat boşlagan«Navoiyazot» AJ zavodi mineral öğitlar, nitron tolasi hamda organik sintez integral mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

Ayni paytda korxonada polivinilxlorid işlab çiqarişni özlaştiriş va umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik azot öğitlarini işlab çiqaruvçi majmuani taşkil etiş böyiça loyihalar ham amalga oşirilmoqda.

«Gazeta.uz» ma'lumotiga köra, joriy yil boşida «Navoiyazot» bazasida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol işlab çiqariş böyiça majmuasi qurilişi boşlangandi. Xitoyning China CAMC Engineering va HQC Shanghai kompaniyalari konsorsiumi bilan şartnoma imzolangan. Majmuaning yillik quvvati 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanolni taşkil etadi.

Şuningdek, Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries va Mitsubishi Corporation konsorsiumi «Navoiyazot»da ammiak va karbamidni işlab çiqariş böyiça yirik loyihani amalga oşiradi. Yaponiyalik pudratçilar bilan tuzilgan şartnomaga köra, bu yerda har yili 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid işlab çiqariş közda tutilgan.

Körsatib ötilgan loyihalar Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi, xorijiy banklarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlari hamda «Navoiyazot»ning öz mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Jadvalga köra, 2019 yilda işlab çiqarişga kirişiladi. Yangi korxonalarda 1300 dan ziyod işçi örinlari taşkil etiladi.