2025 yil 15 oktyabr kuni Toşkent şahrida «Uzbekistan Airports», Urganç xalqaro aeroporti va «Incheon International Airport Corporation» (Janubiy Koreya) tomonidan Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş va boşqariş böyiça davlat-xususiy şeriklik şartnomasi imzolandi. Uşbu şartnoma şu yil ötkazilgan tenderning davomi hisoblanadi.

Hujjatlarni imzolaş marosimida «Uzbekistan Airports» kompaniyasi boşqaruvi raisi Javlonbek Umarxodjayev, «Incheon International Airport Corporation» prezidenti Li Xak-Çjye va Urganç xalqaro aeroporti direktori Oybek Matkarimov iştirok etdi. Tadbir Özbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov boşçiligida ötkazildi.

«Inçxon xalqaro aeroporti korporatsiyasi bilan hamkorlik Özbekiston aeroportlari infratuzilmasi rivojida yangi sahifa oçmoqda. Janubiy koreyalik hamkasblarimizning dunyoning eng yaxşi aeroportlaridan birini boşqariş böyiça tajribasi ilğor texnologiyalarni joriy etiş, yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş va mamlakatimizning tranzit salohiyatini mustahkamlaş uçun zamin yaratadi», dedi Javlonbek Umarxodjayev.

Davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim aeroportni modernizatsiya qiliş va boşqariş loyihasini birgalikda amalga oşirişni nazarda tutadi. Xususiy şerik yölovçi va yuk terminallarini quriş va boşqariş, şu jumladan yerda xizmat körsatiş uçun javobgar böladi. Davlat şerigi tomonidan aerodrom majmuasini (uçiş va qöniş yölagi va perron) quriş va boşqariş uçun javobgarlik nazarda tutilgan.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 avgust kuni «Quriliş, boşqariş va topşiriş» (BOT) modeli asosida «Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş va boşqariş» böyiça tender e’lon qilingan edi. Loyiha «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan Özbekiston Transport hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari hamkorligida amalga oşirilmoqda.

Joriy yil aprel oyida tenderning barça bosqiçlari yakunlandi va Inçxon aeroporti (Seul, Janubiy Koreya) boşqaruvçisi bölgan «Incheon International Airport Corporation» ğolib deb e’lon qilindi. Inçxon xalqaro aeroporti Janubiy Koreyaning asosiy aeroporti va Şimoliy-Şarqiy Osiyodagi eng yirik transport markazlaridan biri bölib, u bir neça bor eng rivojlangan va gavjum aeroportlar öntaligiga kirgan. 2024 yil holatiga köra Inçxon aeroporti 80 milliondan ortiq yölovçiga xizmat körsatgan.