“Navoiyazot” AJ va Karmana tumanida joylaşgan “Sogda kimyo zavod” MÇJga qaraşli uçta sex faoliyati sud qarori bilan vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi hamda boşqa mutaxassislar tomonidan Navoiy şahri va Karmana tumani atrofidagi I va II toifali korxonalar, şuningdek, hududdagi ohak pişiriş xumdonlari faoliyati örganilgan. Nazorat tadbirlari davomida 22 ta korxona ekologik talablarga zid tarzda faoliyat olib borayotgani aniqlangan. Qaror asosida uşbu korxonalar faoliyatini töxtatiş yuzasidan tegişli çoralar körilgan va 25 nafar mas’ullarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal qilingan.
Bundan taşqari, atmosferaga salbiy ta’sir körsatuvçi 22 ta korxona yoki sexlar faoliyatini töxtatiş yuzasidan iqtisodiy sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Mazkur da’vo arizalaridan 20 tasi Karmana tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan körib çiqilib, 19 tasi qanoatlantirilgan.
Jumladan, sud qarori bilan “Navoiyazot” AJning 23-sexi (ammiak) faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Şuningdek, Karmana tumanida joylaşgan “Sogda kimyo zavod” MÇJga qaraşli uçta sex faoliyatiga ham Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan vaqtinça çek qöyilgan.
Reyd tadbiri davomida 92 ta noqonuniy, ya’ni qölbola usulda qurilgan ohak pişiriş xumdonlari aniqlanib, tegişli taşkilotlar iştirokida töliq buzdirilgan.
Eslatib ötamiz, 13, 19, 21 va 22 iyul kunlari Navoiy şahrini ötkir hidli qalin tutun qoplab, odamlarda yötal va boşqa asoratlarni keltirib çiqargan. “Navoiyazot” bir neça bor bayonotlar berib, bu tutunga zavodning aloqasi yöqligini ma’lum qildi. Zavodda örnatilgan kamera tasvirlaridan çangsimon tutun sobiq elektrokimyo zavodi örnida qurilgan korxonalardan çiqayotganini köriş mumkin. Viloyat Ekologiya boşqarmasi avvaliga holat böyiça “Navoiyazot”ni ayblayotgan edi, lekin kompaniyaning qat’iy raddiyalaridan keyin ekologiya organi asl sababçilarni qidirişga kirişgandi. Holatni örgangan Ekologiya vazirligi hududda havoni ifloslantirgan 20 dan ortiq korxona faoliyatini vaqtinçalik töxtatib turiş töğrisida qaror qabul qilinganini













