Jyeki Çan kino sanoatidagi 56 yillik faoliyatidan söng Akademiya tomonidan şarafli mukofotni qölga kiritdi. 12 noyabrda jahonga maşhur aktyor va rejissyor Jyeki Çan kino san'atiga qöşgan hissasi uçun faxriy "Oskar" bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik. 

Endi esa afsonaviy aktyor 2 karra Guinness World Records sovrindori böldi. Guinness World Records'ning Facebook'dagi sahifasida aktyorni bunday rekord natijalar bilan qutlaşdi. 

U 1972 yildan buyon katta ekranlarda 100 martadan ortiq kaskadyor-aktyor sifatida namoyon bölgan, şuningdek öz karerasi davomida köplab jarohatlar (burun sinişidan to boş suyagining sinişigaça) olgan Jyeki Çan  "Eng köp  tryuklarni özi bajaruvçi aktyor" nomiga ega bölgan.

Şuningdek Jyeki "Bir kartinada eng köp vazifani bajargan inson" sifatida ham rekord natijani qayd etgan - "Xitoyça burj" filmida u ssenariynavis, rejissyor, aktyor, prodyuser, ijroçi direktor, operator, art-direktor, işlab çiqariş guruhi rahbari, ovqatlaniş muvofiqlaştiruvçisi, kaskadyor, tryuklar sahnalaştiruvçisi, mer, bastakor, rekvizit va vokalçi vazifalarini özi uddalagan. Jyeki Çanga topşirilgan mukofot uning mehnatsevarligi va iste'dodini yana bir bor tasdiqlaydi.