Bolgariya xalq yiğilişi (parlament) Boyko Borisov hukumatini iste'foga jönatdi. Uşbu qarorni 218 deputat qöllab-quvvatladi, ikki deputat betaraflik bildirdi.
"Biz boşqaruvda izçiklikni ta'minlaş maqsadida öz vazifalarimizni yangi hukumat saylangunça bajarişda davom ettirişimizga va'da beraman", deb aytdi Bolgariya boş vaziri yiğilişda. Borisov prezidentlik saylovlarida ğolib bölgan Rumen Radevni tabrikladi hamda "saylov xalq özgarişlarni istayotganini körsatganini" ta'kidlab ötdi.
"Agar jamiyat zarur deb hisoblasa, biz Bolgariya uçun yana işlaşni boşlaşga tayyormiz", deb öz sözini nihoyaladi boş vazir va yiğilişni tark etdi. Hukumatni iste'foga jönatiş böyiça muhokamalar 2 soat davom etgan.
Borisov hukumatning iste'fosi haqida 13 noyabrda, muxolifat nomzodi Radev prezidentlik saylovlarida ğolib bölgandan keyin rasman e'lon qilgan.
Bolgariyaning amaldagi prezidenti Rosen Plevneliyev 17 noyabrda parlamentda taqdim qilingan partiyalar rahbarlari bilan siyosiy inqirozdan çiqişning yöllarini aniqlab oliş uçun maslahatlaşuvlar ötkazmoqçi. U şuningdek Radev bilan texnik hukumat tarkibi böyiça kelişib olmoqçi.









