24 yoşli britaniyalik banji-jamper Saymon Berri 70 metr balandlikdan sakrab va şokoladli peçeneni çoyga botirib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqida Daily Mail naşri xabar berdi.
Şeffildda istiqomat qiluvçi yigit tryukni birinçi urinişdayoq bajarişini kutmaganini tan oldi: "Bunday balandlikdan çaşkani möljallaş juda qiyin böldi. Öylaşimça, bu şunga arziydi. Atrofdagilarning yuzlarida tabassum körganimdan va rekordçi bölganimdan benihoya xursandman", - dedi Berri.
Bundan taşqari, Berri yana bir neça rekordni qayd etiş niyatida: "Mening bir neça ğoyalarim bor. Ehtimol, keyingi safar havo şaridan sakrab köraman".













