Gulfstream Aerospace körgazmada G400 dasturining yana bir muhim bosqiçi - saloni töliq jihozlangan sinov samolyotining birinçi parvozi haqida ham maʼlum qildi.

Uşbu samolyot AQŞdagi Dallas-Lav-Fild aerodromidan havoga kötarilgan. Parvoz ikki soat 46 daqiqa davom etgan, apparat 14,6 kilometr balandlikka çiqqan.

Sinov samolyoti saloni 11 yölovçiga möljallangan bölib, içki makon kompaniya taʼrifiga köra, ikki yarim zonaga ajratilgan. Parvoz davomida mutaxassislar salondagi bort tizimlarining balandlikda işlaşini, ularning funksionalligi va yölovçilar uçun qulaylikni tekşirgan.

Ikki dvigatelli G400 biznes-jetining parvoz masofasi 7780 kilometrga möljallangan. Töliq jihozlangan samolyotning havoga kötarilişi sertifikatlaş dasturidagi navbatdagi qadam bölgan.

Gulfstream Aerospace prezidenti Mark Berns jurnalistlar bilan uçraşuvda sertifikat olişning aniq muddatini aytmagan. Biroq u dastur «juda yaxşi ilgarilayotganini» va sertifikatlaşga xavf tuğdirişi mumkin bölgan muammolarni körmayotganini bildirgan.

G400 parvoz sinovlari dasturiga jami törtta samolyotni jalb qiliş közda tutilgan. Mayami - Las-Vegas parvozidagi natija esa aynan şu şaharlar örtasidagi yönaliş rekordi sifatida eʼlon qilingan.