Abdulxay Toşmatov (ism-familiyalar özgartirilgan) muqaddam sudlanib, amnistiya qaroriga asosan tayinlangan jazolardan ozod qilingan edi. Ammo u yana jinoyat köçasiga kirdi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Bu şaxs şu yilning yanvar oyida xaridorga 10 dona “Oq çoy” nomli spirtli içimlikni 100 ming sömga sotib, noqonuniy muomalaga kiritgan vaqtida departament xodimlari tomonidan uşlandi.

Tadbir davomida A.Toşmatov özining noqonuniy faoliyatiga tanişi Xayriddin Tolipovni ham jalb qilgani ma'lum böldi. U X.Tolipov bilan jinoiy til biriktirib, Andijon tumani Guliston qişloğidagi xonadonida inson hayotiga xavf soluvçi alkogolli mahsulotlarni kelgusida sotiş maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi. Xonadondan 50,6 mln. sömlik 90 turdagi alkogolli mahsulotlar aşyoviy dalil tariqasida olib qöyildi.

Mazkur holat böyiça A.Toşmatov va uning şerigi X.Tolipovga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan tegişli jazo tayinlandi.