Tongda otilgan öq
2026 yilning 12 marti. Röza kunlari. Soat taxminan 4:00. Mingbuloq tumanidagi Qoraşahar mahallasida yaşovçi Mahmud (maqoladagi barça ismlar özgartirilgan) saharlik qiliş niyatida uyğonib, taşqariga çiqdi.
Atrof qoronği, faqat hovlining çiroq yoqilgan qismi yoruğ edi. Mahmud yuz-qölini yuvişga çoğlangan paytda kutilmaganda ayvon tomondan miltiq ovozi eşitildi. Unga çamasi 10 metr naridan kimdir öq uzgandi.
Barçasi soniyalar içida sodir böldi: Mahmud nima bölganini anglamay ham qoldi va köksini çangallab yiqildi. U huşidan ketgandi. Miltiq ovozini eşitgan ayol uydan yugurib çiqdi va erining qonga belanib yotganini kördi. U şovqin kötarib, atrofdagilarni yordamga çaqira boşladi.
Bu paytda miltiq kötargan odam hovliga qanday yaşirinça kirgan bölsa, şunday çiqib ketgandi.
Hodisa joyiga qöni-qöşnilar yiğildi. Mahmud tezkorlik bilan şifoxonaga olib ketilib, jonlantiriş bölimiga yotqizildi. Öz vaqtida körsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolindi.
Mulk nizosi
Mahmudning otib ketilgani xabari tongda butun mahallaga tarqaldi. Odamlar uni kim otganini muhokama qilişardi. Köp ötmay, bu işni kim qilgani oydinlaşdi: u begona emas, Mahmudning 73 yoşli amakisi Mansur Hamroyev edi.
Amaki öz jiyani bilan uy masalasida nizolaşib kelgan. Garçi egalik huquqi Mahmudning otasiga tegişli bölsa-da, Mansur Hamroyev uyning bir qismi öziga tegişli ekanini da’vo qilib kelgan.
Mansur Hamroyev 2025 yil 22 may kuni Namangan tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritgan. U arizada Mingbuloq tumani hokimining 2020 yil yanvardagi qarori bir qismini haqiqiy emas deb topişni söragan. Biroq sud uning da’vosini rad etgan. Amaki bundan qattiq ğazablangan va uşbu holatda jiyanini aybli deb hisoblab, uni öldiriş va uyga ega çiqiş böyiça reja tuzgan.
Qabristondagi miltiq
Mansur Hamroyev qabristonda işlagan. U qabristondagi binoda sandiq içida ruxsatnomasi bölmagan ov miltiği va bir dona öq saqlab kelgan.
Amaki ana şu ov miltiği bilan qurollanib, 12 mart kuni yarim tunda jiyanining uyiga kelgan. U hovliga yaşirinça kirib, uyning ayvon qismiga berkingan hamda Mahmudning uydan çiqişini kuta boşlagan.












