Raqobat qömitasi tomonidan olib borilgan örganişlar davomida bloger N.Sobirovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida alkogolli içimliklar reklamasi joylaştirilganligi aniqlandi, deb xabar berdi qömita axborot xizmati.

Ta’kidlanişiça, «Reklama töğrisida»gi qonunning 38-moddasiga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli içimliklarning reklamasi taqiqlangan bölib, faqat pivo, tabiiy va köpiklanadigan vinolarni qonunçilikda belgilangan vaqt, şakl va auditoriyaga oid çeklovlarga rioya qilingan holda reklama qilişga yöl qöyiladi.

Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli içimliklar reklamasini har qanday şaklda tarqatiş taqiqlangan.

“Reklama qilinişi qonunçilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganligi uçun bloger N.Sobirov belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegişli hujjatlar sudga yuborildi”, deyiladi xabarda.