19 noyabrda Janubiy Koreya poytaxti Seulning markaziy maydoniga mamlakat prezidenti  Pak Kin Xening iste'fosini talab qilib 500 mingga yaqin odam töplandi. Aktsiya taşkilotçilarining aytişiça, bunday norozilik namoyişlari butun mamlakat böylab, jumladan Pusan va Tegu şaharlarida ötmoqda. Mamlakat böylab umumiy namoyişçilar soni 800-900 ming kişiga yetgan. Namoyiş ötkazilayotgan joyga politsiya kuçlari tortilgan, Seul markazida parallel ravişda 60 ming kişidan iborat prezident tarafdorlari namoyiş ötmoqda.

Prezidentga qarşi namoyişda Janubiy Koreya kasaba uyuşmalari, talabalar taşkilotlari, muxolif partiyalar a'zolari va ularning rahbariyatlari vakillari iştirok etmoqda. Bu namoyiş oxirgi oyda Seulda prezidentga qarşi ötkazilayotgan 4-namoyiş bölmoqda.    

Hozirda mamlakat prezidentining aholi tomonidan qöllab-quvvatlanişi rekord darajadagi past körsatkiç – 5 foizni taşkil qilmoqda. Uning faoliyatidan norozi fuqarolar soni 90 foizgaça yetgan.

Janubiy Koreya prezidenti özining dugonasi Çxve Sun Silga davlat işlariga aralaşişga ijozat berganlikda ayblanmoqda.