Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes parlamentni tarqatib yubordi va navbatdan taşqari saylovlar ötkazilişini eʼlon qildi. Ötgan haftada uning hukumati uy-joy inqiroziga qarşi çoralar böyiça ovoz beriş jarayonida mağlubiyatga uçragandi. Sönggi hafta davomida bu inqiroz mamlakat siyosiy hayotidagi asosiy mavzuga aylandi.
Öng qanotdagi partiyalar hukumatning qimmat uy-joylarga qarşi çora-tadbirlarini blokladi. Parlamentda 2-oktabr kuni bölib ötgan ovoz beriş jarayonida hukumatning ijarada yaşovçilarni himoya qilişga qaratilgan ikkita favqulodda dekreti ovozga qöyildi. Uşbu hujjatlarda 2030-yilgaça köçirişlarga moratoriy eʼlon qiliş, şuningdek, uy-joylarni qisqa muddatli ijaraga berişga hamda xonalarni alohida ijaraga berişga çeklovlar joriy etiş taklif qilingandi. Konservativ Xalq partiyasi, ultraöng Vox hamda katalonlarning Junts partiyasi bunga qarşi çiqdi. Xalq partiyasi öz pozitsiyasini izohlab, uy-joy bilan taʼminlaş muammosini çeklovlar joriy etiş emas, balki yangi qurilişlar orqali hal qiliş kerakligini taʼkidladi.
Parlamentdagi ovoz beriş jarayoni mamlakat böylab 87 yoşli Marikarmen Abaskal himoyasi uçun bölib ötgan namoyişlar ortidan ötkazildi. Uşbu ayol öz kvartirasini taxminan 70 yil muqaddam ijaraga olgan, 2018-yilda esa uning kvartirasi joylaşgan köçmas mulkni Urbagestión nomli investitsiya kompaniyasi sotib olgan va ijara narxini bir neça baravarga oşirgan, bu narx esa ijaraçining pensiya pulidan köproq edi va u eski narxda (500 yevro) tölaşda davom etgan. Kompaniya uç marta uni kvartiradan haydab çiqarişga uringan, ammo sud bu qarorni bloklagan. Törtinçi urinişda esa ayol zambilga solingan holda uydan kuç bilan olib çiqilgan, şundan keyin u şifoxonaga tuşib qolgan. Keksa yoşli ayol kvartirasidan majburan çiqarib yuborilayotgani aks etgan kadrlar jamoatçilikda katta şov-şuv kötardi. Madridda boşlangan namoyişlardan keyin ayolga uşbu kvartirada yaşaşda davom etişga ruxsat berildi.

Vaziyat bu bilan tinçimadi va yuqori ijara narxlariga qarşi aksiyalar boşqa şaharlarga ham tarqalib, sönggi vaqtlardagi eng yirik norozilik namoyişlariga aylandi. 3-oktabr kuni 50 ga yaqin şaharda namoyişlar bölib ötgan, taşkilotçilarga köra, ularda 500 mingga yaqin kişi qatnaşgan. Birgina Madridning özida 70 ming kişi köçalarga çiqqan.


















