Fransiyada bir haftadan buyon maktab oʻquvchilari ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirmoqda. Namoyishlar Parij tashqarisidagi Il-de-Fransda boshlangandi, ammo tezda butun mamlakat boʻylab tarqaldi. Litseylar (Fransiya taʼlim tizimida katta sinf oʻquvchilari oʻqiydigan maktablar) oʻquvchilari sinfxonalar toʻlib toshgani, oʻqituvchilar yetishmayotgani, oʻquv binolari yomon holatdaligi va dars jadvali juda tigʻiz tuzilganidan eʼtiroz bildirishmoqda. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 29-sentabrga kelib butun Fransiya boʻylab 400 dan ortiq namoyishchilar qoʻlga olingan, ularning aksari voyaga yetmagan oʻsmirlardir. Taʼlim vazirligi norozilik aksiyalari mamlakatdagi 3700 ga yaqin maktabdan bir necha yuztasini qamrab olganini maʼlum qilgan. Ayrim yirik shaharlarda norozilik aksiyalari maktab oʻquvchilarining politsiyachilar bilan toʻqnashuvlariga aylangan. Ayrim holatlarda namoyishchilar yonuvchi aralashma solingan shishalardan foydalangan va politsiyachilarni toshboʻron qilgan. Bunga javoban politsiyachilar koʻzdan yosh sizdiruvchi gaz qoʻllagan. «Meduza» Fransiyaning turli shaharlaridagi maktab oʻquvchilarining namoyishlari vaqtida olingan fotosuratlarni eʼlon qildi.

photo_2026-10-01_14-24-42
Sameer AL-DOUMY / AFP / Scanpix / LETA
Maktab oʻquvchilarining (shuningdek, davlat xizmatchilari, oʻt oʻchiruvchilar va boshqa kasb egalarining) norozilik aksiyalari Fransiyaning 2027-yilgi byudjet loyihasini muhokama qilish arafasida boʻlib oʻtmoqda. Byudjet parametrlari, jumladan, taʼlim xarajatlari Fransiyada bahslarga sabab boʻldi. Lilldagi namoyish vaqtida olingan fotodagi plakatda shunday yozilgan: «Biz sizga dars berib qoʻyish uchun oʻz darslarimizga bormadik»; «Biz qarzga botishni emas, taʼlim olishni xohlaymiz».
photo_2026-10-01_14-26-06
Sameer AL-DOUMY / AFP / Scanpix / LETA
Lillda norozilik aksiyasini tarqatish uchun politsiyachilar koʻzdan yosh sizdiruvchi gaz qoʻlladi, Sen-Denida namoyishchilar rezinka kaltaklar bilan haydab yuborildi. Fotoda Lilldagi vaziyat, 2026-yil 29-sentabr
photo_2026-10-01_14-26-34
Abdul Saboor / REUTERS / Scanpix / LETA
Namoyishchilar Parij chekkasidagi Sen-Denida joylashgan Pol Elyuar litseyiga kirish joyini toʻsib olishgan. Ular olib kelgan plakatlardan birida shunday deyiladi: «Soat 8:00 dan 18:00 gacha. Dars uyqudan koʻproq». 2026-yil 30-sentabr