15-oktabr kuni minglab talabalar Albaniya poytaxti Tiranadagi hayotni falaj holatga keltirdi. Ular köçalarda öt yoqib, yöllarni temir panjaralar bilan tösib qöydi. Politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz va suv töplarini işga soldi. Biroq bu çoralar boş vazirga bölgan bosimni susaytirmadi. Rama esa isteʼfoga çiqiş haqidagi talablarni rad etdi.

Uç kunlik töqnaşuvlar

Oylardan beri davom etayotgan noroziliklar şu hafta keskin tus oldi, deb yozmoqda New York Times. Xususan, 13-oktabrdan buyon Tirana köçalarida ketma-ket uç kun töqnaşuvlar böldi. Taʼlim xarajatlari yuqori sinf öquvçilari, universitet talabalari va boşqalarni köçaga olib çiqdi.

Namoyişçilar taʼlim vazirligi va boş vazir devoni tomon yuriş qildi. Töqnaşuvlar çoğida ularning ayrimlari axlat qutilari, avtobus bekatlari va kioskka öt qöydi. Ayrimlari esa yölakdan köçirib olingan beton bloklar bilan hukumatga aloqador binolarning oynalarini sindirdi.

Foto: Reuters

Namoyişçilar banklarga ham toş otdi, bankomatlarni buzdi va bir bankka bostirib kirdi. Baʼzilari şahardagi yangi baland binolarni ham nişonga oldi. Ularning aytişiça, hukumat xorijlik meʼmorlar loyihalagan binolar ortida maktab va universitetlarga eʼtiborsizligini yaşirmoqda.

Foto: Reuters

Politsiya toş otayotgan namoyişçilarga qarşi tovuşli granatalardan ham foydalandi. 15-oktabr kuni markaziy Skanderbeg maydonida politsiya qoçayotgan namoyişçilarni dubinkalar bilan urdi. Buni sayyohlar kuzatib turdi. Yaqin atrofda zöravonlik yana avj olgani sabab parlament öşa kuni majlisini bekor qildi.

Foto: Reuters

Politsiya 55 kişi hibsga olinganini, yana 98 kişiga jinoiy ayblov qöyilganini maʼlum qildi. Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotiga köra, 89 kişi jarohatlangan, ular orasida 61 nafar politsiyaçi va 18 nafar namoyişçi bor.