DW xabariga köra, Li Çje Myon 2-oktabrga ötar keçasi X ijtimoiy tarmoğida Ukraina bilan yuzaga kelgan kelişmovçilik haqida bayonot bergan.
«Agar faktlarni tan oliş va omma oldida uzr söraş yana rad etilsa, biz qöşimça çoralar köramiz. Bu Koreya xalqi va davlatining şaʼni masalasi, biz uni eʼtiborsiz qoldira olmaymiz», - deb yozgan Janubiy Koreya rahbari.
U Kiyevni Seulni «yolğonçi» qilib körsatişda ham ayblagan. Biroq qanday çoralar körilişi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.
Kiyev: bu diplomatik tuşunmovçilik
Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa prezident Lining bayonotidan bir neça soat avval Kiyev Janubiy Koreya bilan nizoni tezroq hal qilişdan manfaatdor ekanini bildirgan.
«Buni insident deb ataşni istamasdim. Keling, diplomatik tuşunmovçilik deylik», - degan u Kiyevda jurnalistlar bilan muloqotda.
Sibixaning aytişiça, sönggi kunlarda u Janubiy Koreya taşqi işlar vaziri bilan har kuni şaxsan muloqot qilmoqda.
«Bu vaziyat yaqin vaqt içida hal etilişini juda istayman va biz şuning ustida işlayapmiz. Janubiy Koreya biz uçun muhim mamlakat», - deya taʼkidlagan Ukraina taşqi işlar vaziri.
U Seul bilan hamkorlik davom etişi va amaliy natijalar berişiga umid bildirgan.
Nizoga ikki asir haqidagi bayonot sabab böldi
Sentabr oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT Boş Assambleyasida Kiyev ikki şimoliy koreyalik harbiy asirni Janubiy Koreyaga topşirganini maʼlum qilgan. Şundan söng Seul Ukraina tomonini keskin tanqid qilgan.
Li Çje Myonning taʼkidlaşiça, bunday maʼlumotning oşkor etilişi asirlarning Şimoliy Koreyada qolgan qarindoşlarini xavf ostiga qöyişi mumkin. Şuningdek, bu Seul va Pxenyan munosabatlariga salbiy taʼsir körsatişi ehtimoli bor.
Janubiy Koreya taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Pak Yun Ju esa Kiyevning maxfiylik kelişuvini inkor etişi özaro işonçga putur yetkazişini aytib, rasmiy izoh va uzr talab qilgan.
Ukraina prezidentining kommunikatsiyalar böyiça maslahatçisi Dmitriy Litvin, öz navbatida, Kiyev va Seul örtasida asirlar taqdiri haqidagi maʼlumotni oşkor qilmaslik böyiça kelişuv bölmaganini bildirgan.

















