Liviya janubidagi Sabha şahrida 4 kundan beri davom etayotgan qurolli töqnaşuvda kamida 16 kişi halok bölgan, 50 kişi tan jarohati olgan, deb yozmoqda The Guardian naşri. Mahalliy qabilalar örtasidagi kelişmovçilikka esa qölga örgatilgan maymun sabab bölgani aytilmoqda.
Gap şundaki, Ğaddodfa qabilasidan savdo dökoni sohibining maymuni Sulaymon avlodi qabilasining maktab öquvçisi boşidagi römolni olib qoçgan. Bunga javoban, Sulaymon avlodi maymunni va dökon egasi oilasining uç a'zosini öldirgan.
Şundan söng, şaharda tanklar, minomyotlar va boşqa turdagi oğir texnikalardan foydalangan holda haqiqiy uruş boşlanib ketgan.
Ğaddodfa va Sulaymon avlodi – mintaqadagi eng obröli va eng kuçli qurollangan qabilalar hisoblanişadi. Bundan taşqari, Sabha qurol-yaroğlar kontrabandasi markazidir. Muammar Qozzofiy öldirilgaç, şaharda tez-tez şu kabi tartibsizliklar yuz berib turadi.












