21 noyabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vazirligida Birlaşgan Arab Amirliklari elçisi Mohammed Hareb Almehairbi bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Uçraşuv çoğida Özbekiston bilan BAA örtasida davlatlararo şartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almaşiniş töğrisida bayonnomani imzolaş marosimi bölib ötdi. Bayonnoma jinoiy işlar böyiça özaro huquqiy yordam töğrisida şartnomani, uşlab beriş töğrisidagi şartnomani, mahkumlarni topşiriş töğrisidagi şartnomani öz içiga oladi.
Mazkur şartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almaşilgan sanadan 30 kun ötib, 2016 yil 21 dekabrda kuçga kiradi.












