2016 yil 23 noyabrda Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi Özbekiston magistral elektr tarmoqlari nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş loyihasiga 150 mln AQŞ dollari miqdorida kredit ajratiş böyça qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda JB matbuot xizmati.
Loyiha muvofiq, Toşkent şahri hamda Özbekistonning 10 viloyatidagi 22ta nimstansiyani rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş orqali energetika sektori samaradorligini oşiriş, elektr energiyasidan foydalaniş va texnik xizmat körsatişdagi yöqotişlar hamda xarajatlarni kamaytirişga erişiş közda tutilgan.
Bundan taşqari, 110 kilovolt/örtaça kuçlanişdagi köçma nimstansiyalar va elektr uzatiş tarmoqlarida yuz beruvçi favqulodda holatlarga zudlik bilan barham beriş uçun zarur bölgan tiklaş tizimlarini xarid qilinadi. Şu bilan Özbekiston milliy energetika tizimidagi barqarorlikni ta'minlaş kutilmoqda.
Elektr energiyasi iste'molidagi samaradorlikni oşiriş va texnik yöqotişlar hajmini kamaytiriş evaziga 6 milliondan ortiq oilaning yillik energiya iste'moliga teng miqdordagi is gazi çiqarilişi kamayadi.
Loyihani «Özbekenergo» AK amalga oşiradi. Uni Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki 92 mln dollar, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi 58 mln dollar miqdoridagi mablaği evaziga moliyalaştiradi.
Özbekiston 1992 yildan Jahon banki a'zosi hisoblanadi. JBning Özbekistondga taqdim etgan kredit portfeli 2 mlrd dollardan köproqni taşkil etadi.












