BAAning Emirates aviakompaniyasi Dubaydagi "Mö'jizalar boği" xodimlari bilan birga jonli gullardan dunyodagi eng katta yölovçi samolyoti Airbus A380’ning nusxasini yaratdi. 

Emirates uşbu antiqa samolyotning yaratilişi jarayonini videoga oldi. Ta'kidlanişiça, bu "mö'jiza"ni yaratiş uçun yarim yil vaqt ketgan. Loyiha ustida 200 dan köproq odam kuniga 10 soatdan işlagan. 

Samolyotning asl ölçamidek bajarilgan pölat karkas 500 mingta jonli ösimlik bilan bezatilgan. "Gullardan yasalgan samolyot"ning umumiy oğirligi 100 tonnani taşkil qilgan. Haqiqiy Airbus A380’ning oğirligi esa 575 tonnaga teng. Uşbu "gözallik" bilan 27 noyabrdan boşlab bahramand böliş mumkin.   

Foto: Emirates Airline