Braziliyaning 18ta ma'muriy hududida davlat xarajatlarini çeklaş taşabbusiga nisbatan norozilik namoyişlari bölib ötdi. Globo telekanalining xabar qilişiça, mamlakat böylab bölib ötgan aksiyalarda bir neça ming kişi qatnaşgan. 

Kasaba uyuşmalari va jamoat taşkilotlari tomonidan uyuştirilgan mitinglar, aksariyat ştatlarda tinç ötgan. Biroq, mamlakat janubidagi Portu-Alegri şahridagi namoyişlarda aksiya qatnaşçilarining politsiya bilan töqnaşuvlari kuzatilgan. Globo ma'lumotlariga köra, bir neça nafar niqobdagi namoyişçilar tartibni saqlaş kuçlariga qarata yonuvçi aralaşma töldirilgan şişa idişlarni otişgan. Politsiyaçilar, bunga javoban, közdan yoş oqizuvçi gazdan foydalangan. 

Oktyabr oyi oxirlarida, Braziliya parlamenti quyi palatasi davlat xarajatlarini çeklaşga oid tuzatişlarni ma'qullagan edi. Prezident Mişel Temer taklif qilgan qonun loyihasiga köra, kelasi 20 yil mobaynida markaziy hukumatning xarajatlari ötgan yil inflyatsiya darajasidan oşmasligi kerak.