Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev IŞID jangarilarining Suriya va Iroqdan faol ravişda siqib çiqarilişi vaziyatida Markaziy Osiyo davlatlari tinçligini yöqotişi mumkin, deb aytdi. Bu haqda tengrinews.kz naşri xabar bermoqda.
"Agar hozir butun koalitsiya Iroq va Suriyada faol işlasa, IŞID siqib çiqarilsa, qayerga siqib çiqariladi? Afğoniston tomonga. Unda bular mintaqamizning janubiy sarhadlariga kelişi mumkin. Afğoniston bilan Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston çegaradoş. Agar jangarilar janubdan qöşnilarimizga bosim ötkazsa, unda bizda ham tinç bölmaydi", deb aytdi Nazarboyev Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida. Bu intervyu Qozoğistonning "Xabar" davlat telekanali orqali namoyiş qilingan.
Nazarboyev terrorçilik muammosi nafaqat Qozoğiston, balki butun sayyora uçun dolzarbligini aytdi.
"Keling tuşunçalarni aniqlaştirib olamiz. Qur'onda musulmonlar kimnidir öldirişi kerak degan bittayam harf yöq: u yerda bir odamni öldiriş butun insoniyatni öldirişga barobar deyilgan. Turli millat va toifadagi terrorçilar ularda qayerdandir paydo bölgan pullarga barçani öz safiga jalb qilgan. Nafaqat sobiq ittifoq, Qozoğiston, Özbekiston, Ozarboyjondan, balki Yevropadan ham IŞIDda odamlar jang qilmoqda, Amerika va Angliyadan jang qilmoqda", deb qöşimça qildi Qozoğiston prezidenti.
Nazarboyev "islom va terrorçilik, qöporuvçilik – bu turli narsalar" ekanini ta'kidlab ötdi. "Butun dunyoda buni adaştirişadi, biroq 1,5 mlrd musulmonni bunga boğlaş yaramaydi. Birinçidan, noxolis va notöğri, bu madaniyatlarni nasroniylar-musulmonlar çiziğida töqnaştirişga olib borişdir. Bu haqda emas, balki musulmonlarning özi kuraşayotgan terrorçilar haqida gapiriş kerak", deb ta'kidlab ötdi Nazarboyev.
Nazarboyevning aytişiça, terrorçilik xavfi bilan "birlaşgan holdagina kuraşiş mumkin".












