Germaniya hukumati qizlarini mamlakat kansleri ismi bilan atagan suriyalik oilaga boşpana berişdan boş tortdi.

Bir yoşga tölgan Angela Merkelning ota-onasi qizlari Germaniyada butunlay qolişi uçun kuraşişni maqsad qilişgan.

Qizning onasining ismi Çeta Al-Xamza bölib, Germaniyaga 2015 yilda kelgan. Otasi esa Mamun Al-Xamza. Uning rafiqasi huquqşunoslik yönalişida tahsil olgan, ammo mamlakatdagi qurolli qarama-qarşilik sabab diplom olişga muvaffaq bölmagan. 

— Biz Suriyani uruş sabab tark etdik. IŞID ham Başar Asadning hukumat kuçlari ham meni öz tomonlariga oğdirib olişga harakat qilişdi. Şu sabab biz mamlakatni taşlab ketişga majbur böldik, — dedi Mamun Al-Xamza. — Men Suriya xalqini yaxşi köraman, şu sabab na u va na bu tomonda jang qilişni istamayman. 

Ular Duysburgda dunyoga kelgan qizlariga mamlakat kansleri hurmati uçun uning nomini berişgan.  

Ular qonuniy asosda Germaniyada qoliş uçun ruxsatni kutib Menxengladbax şahrida yaşayotgan edilar. Ammo oilaga Suriyadagi qurolli nizolar tugagaç, Germaniyadan ketişlari lozimligini aytişdi.

— Bizga Germaniyadan boşpana berişmadi, faqat mamlakatda bölişni ta'minlovçi çeklangan huquq taqdim etuvçi hujjat berişdi. Bunday hujjatni Suriyaning köplab fuqarolari qölga kiritmoqda, — Mamun. — Albatta, biz Germaniyada qolişni istaymiz. Men qizimning yorqin kelajagi uçun kuraşişim kerak. 

Kiçkina Merkelning ota-onasi qizining kelajagini aynan Yevropada körmoqda. Yaqin vaqt içida ular qizlarini mahalliy bolalar boğçasiga berişmoqçi. Ammo ular qaçondir öz vatanlariga ham qaytib ketişlari mumkinligini rad etib bölmaydi