Rossiya çempionatining 15-turida«Krasnodar» «Zenit»ga qarşi öynadi va 2:1 hisobidagi ğalabaga erişdi.
«Zenit» 86-daqiqada Artyom Dzyuba urgan gol evaziga ğalaba bilan qaytişi mumkin edi. Ammo hakam öyinga qöşib bergan daqiqalar dramatik ruhda keçdi. Avvaliga Marat Izmaylov hisobni tenglaştirdi. Öyin hakami oxirgi huştagini çalişi arafasida Tornike Okriaşvili fantastik zarba bilan jamoasiga ğalaba keltirdi. Bu vaziyatda u qayçi uslubida töpni darvoza töriga joyladi.
«Zenit» endilikda turnir jadvali peşqadami «Spartak»dan 6 oçko ortda qolmoqda. «Krasnodar» uçinçi öringa kötarilib oldi.
Krasnodar – Zenit 2:1
Gollar: 0:1 – 86 Dzyuba, 1:1 – 90 Izmaylov, 2:1 – 90 Okriaşvili.
Krasnodar – Sinitsin, Grankvist, Naldo, Yendjyeyçik, Izmaylov, Gazinskiy (Bistrov, 83), Torbinskiy, Kabore, Laborde (Ahmedov, 58), Joaozino (Okriaşvili, 63), Smolov.
Zenit – Lodigin, Netu, Novoseltsev, Krişito, Vittsel, Jirkov (Çernov, 78), Juliano, Garsiya, Mak (Maurisio, 88), Kokorin (Kerjakov, 84), Dzyuba.
Ogohlantirişlar: Vittsel (45), Laborde (49), Yendjyeyçik (75), Garsiya (80), Izmaylov (85), Torbinskiy (90), Dzyuba (90).













