Ukraina harbiylari 22 iyulga ötar keçasi va tongda dronlar bilan Wildberries’ning Krasnodardagi va Stavropol ölkasi Nevinnomissk şahridagi omborlariga hujum uyuştirdi.
Zarbalar oqibatida omborlarda kuçli yonğinlar yuzaga kelgan. Kuban regioni gubernatori Veniamin Kondratevning aytişiça, Krasnodardagi hujum vaqtida yaralangan qiz vafot etgan, yana uç kişi şifoxonada qolmoqda, olti kişiga tibbiy yordam körsatilib, uyiga javob berilgan. Nevinnomisskda esa beş kişi jarohatlangan, ularni şifoxonaga yotqizişga zarurat bölmagan.

Supernova+
Krasnodar ölkasi rasmiylari aholini oçiq havoda qolmaslikka, köçaga çiqişga töğri kelganda niqob va respiratorlardan foydalanişga çaqirgan.
Yonğindan keyin kötarilgan tutun önlab kilometrlarga çözilgan. «Agenstvo» naşri e’tibor qaratişiça, keçgaça tutun Qora dengiz sohiliga, jumladan, Vladimir Putinning Gelenjikdagi Idokopas burnida qurilgan saroyigaça yetib kelgan.

Supernova+
Ertalab Krasnodar ölkasining operativ ştabi telegram-kanalida ombordagi yonğin videosi e’lon qilindi, bu jurnalistlar e’tiborini tortdi, çunki rasmiy organlar Ukraina hujumlari oqibatlarining vizual tasdiqlarini juda kamdan kam hollarda e’lon qiladi (oddiy rossiyaliklar esa bunday kadrlarni tarqatgani uçun ta’qib qilinadi). Yarim soatdan keyin yozuv öçirib taşlandi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujum yuzasidan izoh berib, «Rossiya armiyasini dronlar uçun butlovçi qismlar, navigatsiya uskunalari va boşqa jihozlar bilan ta’minlaşda iştirok etayotgan logistika markazlariga» zarba berilayotganini ma’lum qildi.
«Tinçlikka zarurat bor va Ukraina Rossiya tomoniga barça takliflarni taqdim etdi. Diplomatiyaga ötişga majburlaş kerak», – deya qayd etgan Ukraina prezidenti.




























