24-avgustga ötar keçasi Krasnodar şahri uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumiga uçradi. Hujum oqibatida Ozon kompaniyasining logistika markazida katta yonğin kelib çiqdi.
Ozon maʼlumotiga köra, ombordagi barça xodimlar evakuatsiya qilingan. Dastlabki maʼlumotlarda logistika markazining özida jabrlanganlar yöqligi aytilmoqda. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda, ombor faoliyati esa vaqtinça töxtatilgan.
Kompaniya yonğin tufayli uşbu markazda saqlanayotgan tovarlarga onlayn buyurtma beriş vaqtinça imkonsiz bölişini maʼlum qildi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan sotuvçilardan yangi tovarlarni qabul qiliş ham töxtatilgan.
Şuningdek, mazkur omborga yönaltirilgan logistika marşrutlari bekor qilinib, yuklarni qayta taqsimlaş uçun kompaniyaning boşqa obyektlaridan foydalanilişi aytildi.
Ikki bola halok bölgan
Krasnodar rahbari Yevgeniy Naumovning maʼlum qilişiça, dronlar hujumini qaytariş vaqtida uçuvçisiz apparatlar parçalari Prikubanskiy okrugidagi bir neçta manzilga tuşgan.
Naumovga köra, hodisa oqibatida ikki bola halok bölgan, yana töqqiz kişi - ikki nafar katta yoşli şaxs va yetti nafar bola jarohatlangan. Ular tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.
Mahalliy amaldorning versiyasiga köra, dron parçalari xususiy bolalar markaziga ham tuşgan.
Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev esa uçuvçisiz apparatlar parçalari turar joy binolari va qurilayotgan köp qavatli uylarga tuşganini maʼlum qildi.
Nevinnomisskda ham Ozon ombori yongan
Şu keça Stavropol ölkasining Nevinnomissk şahrida joylaşgan Ozonʼning yana bir yirik logistika markazida ham yonğin yuz bergani xabar qilindi.
ASTRA naşrining oçiq manbalar asosidagi tahliliga köra, hujumga uçragan obyektning maydoni 93,5 ming kvadrat metrdan ortiq. Markaz oziq-ovqat va boşqa turdagi mahsulotlarni saqlaş va saralaş, buyurtmalarni jamlaş hamda xaridorlarga jönatiş uçun möljallangan.
Stavropol ölkasi gubernatori Vladimir Vladimirov havo hujumidan mudofaa kuçlari Nevinnomissk sanoat hududi tomon yönaltirilgan dronlar hujumini qaytarişga harakat qilganini bildirdi.


















