Krasnodarda piçoq bilan hujum uyuştirilişi oqibatida bir kişi halok böldi va bir neça kişi jarohat oldi. Bu haqda Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk xabar qildi.
«Yoş yigit savdo markazi binosida bir neça taşrif buyuruvçilarga piçoq bilan tan jarohati yetkazdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, bir ayol vafot etgan», deb yozdi u.
Xabar qilinişiça, u bolalar köngiloçar markazi hududiga qölbola portlovçi buyum ham uloqtirgan.
Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev jami beş kişi jabrlanganini ma’lum qildi. Ularga şifokorlar yordam körsatmoqda.
Mash Telegram-kanali ma’lumotiga köra, hujumni 19 yoşli talaba sodir etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda u qilgan işi uçun heç kim unga mukofot va’da qilmaganini, öz joniga qasd qilişni istaganini aytgan.
«Şunçaki yaşaş jonimga tegdi», degan u qölga olinganidan söng.
Unga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Prokuratura tekşiruv boşlagan, tergov qömitasi esa jinoyat işi qözğatgan.












