Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» naşrida Viktoriya Panfilova muallifligi ostida Özbekistonda ötkaziladigan prezidentlik sayloviga bağişlangan maqola e'lon qilindi. U «Respublikada köppartiyaviylik zamon talabi va xalq irodasiga aylandi» deb nomlanadi. Mazkur maqola gazetaning joriy yil 28 noyabr sanasidagi sonida e'lon qilingan.
Unda, jumladan, şunday deyiladi:
“Özbekistonda 4 dekabr kuni prezidentlik saylovi bölib ötadi. Uşbu lavozim uçun mamlakatdagi törtta siyosiy partiyadan nomzodlar qatnaşmoqda. Bular Özbekiston xalq demokratik partiyasi (ÖzXDP), «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi va Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi (ÖzLiDeP). Ijtimoiy sörovda qatnaşgan 95 foiz fuqaro Özbekiston rahbari uçun ötadigan saylovni muhim ijtimoiy-siyosiy voqea, deb hisoblaydi.
Özbekistondagi mazkur saylov muddatidan oldin ötkazilmoqda. Özbekiston xalqi oğir judolikka uçradi – birinçi prezident Islom Karimov olamdan ötdi. Ammo jamiyatni isloh etiş va hukumat barqarorligini ta'minlaş strategiyasi saqlab qolindi. Asosiysi, mamlakat fuqarolarining fikriça, Özbekistonda tinçlik va xotirjamlikning bölişidir. Saylov haqida ijtimoiy sörovda iştirok etgan mamlakat fuqarolarining 41,2 foizi ana şunday javob qaytargan. Sörovda qatnaşganlarning 95 foizi saylovda, albatta, qatnaşişini ta'kidlab ötgan. Ular orasidan 41,3 foizi buni «fuqarolik burçi», deya e'tirof etgan. 31,8 foiz fuqaro esa saylovlarda qatnaşiş mamlakat kelajagi uçun mas'uliyat ifodasi, deb hisoblamoqda. 21,3 foiz fuqaro uçun esa saylov öz fikrini bildiriş va munosib nomzodni tanlaş imkoniyatidir”.
Maqolada ta'kidlanişiça, “2016 yilda ötadigan saylov kampaniyasi prezidentlikka nomzodlarning raqobatbardoşligi bilan ajralib turadi. Prezident saylovi jarayoni bilan boğliq qator qonunlar kuçga kiritilgan. Bularga «Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovi töğrisida», «Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi töğrisida» va boşqalarni bunga misol qiliş mumkin. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolarning saylov huquqlariga töla rioya etilişiga, saylovlarda saylovçilarning erkin iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga, saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar va nomzodlarga adolat tamoyillariga asoslangan holda teng va keng imkoniyatlar yaratib berişga, oçiqlik, oşkoralik va şaffoflikka yönaltirilgan”.
“Barça saylov kampaniyalari ommaviy oşkoralik tizimi asosida ötkazilmoqda. Har bir saylovçi saylov okruglari va uçastkalari, saylov komissiyasi tarkibi va komissiya işlaş vaqti, ovoz beriş hamda saylov töğrisidagi ma'lumotlarni izlaş, qabul qiliş va tarqatiş huquqiga ega”, deyiladi «Nezavisimaya gazeta» çop etgan maqolada.











