KXDRda Fidel Kastroning vafoti munosabati bilan uç kunlik motam e'lon qilindi, deb yozadi Şimoliy Koreyaning "Nodon sinmun" markaziy gazetasi.

Koreya Mehnat partiyasi MK, Yuqori xalq majlisi doimiy kengaşi va KXDR vazirlar mahkamasi qaroriga köra, 28-30 noyabr kunlari mamlakatning markaziy taşkilotlari va joylarda motam bayroqlari kötariladi.

Davlat rahbari Kim Çen In esa yakşanba kuni Kubaga hamdardlik sözlari bitilgan telegrammani jönatgan.