Uganda ğarbida politsiya va Kaserda Rvenzururu harakati hukumatga qarşi guruhining isyonçilari örtasida töqnaşuvlar oqibatida kamida 55 kişi halok böldi. Bu haqda mamlakat politsiyasiga iqtibos keltirgan holda France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
"Töqnaşuvlar davomida 14 politsiya va 41 jangari halok bölgan", deb ma'lum qildi politsiya vakili Endryu Feliks Kaveyesi. Uning aytişiça, Uganda politsiyasi va armiyasining birgalikdagi bölinmalari Kasese şahri yaqinidagi hududni közdan keçirayotganda hujumga uçragan.
"Bosqinçilar hukumat kuçlariga qölbola granata uloqtirişgan, buning oqibatida bir askar yarador bölgan. Şundan keyin qöşinlar otişma boşlagan, buning oqibatida 4 isyonçi öldirilgan. Bu voqea boşqa tumanlarda ham şunday töqnaşuvlarni keltirib çiqargan", deb aytgan politsiya vakili.











