Uganda prezidentining öğli va mamlakat mudofaa kuçlari boş qömondoni general Muxoozi Kaynerugaba Turkiyadan “dividend” sifatida bir milliard dollar va eng gözal ayolni berişini talab qildi, deb xabar berdi India Today naşri.

"Turkiyadan bir milliard dollarga qöşimça ravişda bu mamlakatdagi eng gözal ayolni xotinlikka olmoqçiman!" — deb yozdi Kaynerugaba X tarmoğida, ammo keyinroq bu postni öçirib taşladi.

Kaynerugabaning ta’kidlaşiça, Ugandaning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlari e’tirof etilmay qolgan va buning uçun moliyaviy tovon tölanişi lozim.

U postlarida Turkiyani Somalidagi biznes va infratuzilma loyihalaridan, xususan, poytaxt Mogadişodagi portlar va aeroportlardan foyda körayotganlikda ayblagan. Uning da’vosiga köra, Turkiya bu loyihalardan daromad olayotgan bir paytda Uganda köp yillar davomida xavfsizlik böyiça oğir mas’uliyatni öz zimmasiga olib kelgan.

Kaynerugaba "qimmatli qoğozlar sotuvidan dividendlar berilişi"ni talab qildi hamda Turkiyaning eng çiroyli ayoliga uylanişini aytdi.

U şuningdek, agar talabi 30 kun içida bajarilmaydigan bölsa, Turkish Airlines parvozlarini taqiqlaş va diplomatik munosabatlarni uziş bilan tahdid qildi.

Muxoozi Kaynerugaba Ugandaning amaldagi prezidenti Yoveri Kaguta Musevenining öğli bölib, u mamlakat mudofaa kuçlari boş qömondoni hisoblanadi.

General özining şov-şuvli bayonotlari bilan tanilgan. U 2022 yil oktyabrda ijtimoiy tarmoqlarda ikki hafta içida Keniya poytaxtini bosib olişini yozgan, oqibatda uning otasi uzr söraşiga töğri kelgandi.

AQŞ va Isroilning Eronga hujumidan söng u Uganda Tel-Aviv tomonda turib uruşga kirişga tayyorligini aytgandi.

Şuningdek, u oldinroq Italiya boş vaziri Jorjia Meloniga uylaniş evaziga 100 boş zotli sigirlardan berişga tayyorligini aytgandi.