BMT sudyasi Lidiya Mugambe ugandalik ayolni Buyuk Britaniyada oqsoç bölib işlaşga majbur qilgani uçun 6 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi The Guardian.
Tergovçilarga köra, Mugambe yoş ayolning mehnat qonunçiligidan bexabar ekanidan foydalanib, uni öz uyida oqsoç bölib işlaşga va bolalariga enagalik qilişga majburlagan.
Lidiya Mugambe Buyuk Britaniyaning immigratsiya qonunlarini buziş, kimnidir işlaşga majburlaş va guvohni qörqitişda aybdor deb topildi. Şuningdek, sud mahkum ayolga jabrlanuvçi bilan bevosita yoki bilvosita aloqada bölişni taqiqladi.
Suddagilarning ta’kidlaşiça, ayblanuvçi «qilgan işiga heç qanday puşaymonlik bildirmagan» va sodir bölgan voqea uçun jabrlanuvçini ayblaşga uringan. Jabrlanuvçiga Buyuk Britaniyadan boşpana taqdim etilgan. U Uganda qaytişga qörqişini aytgan (Lidiya Mugambe Ugandada Oliy sud sudyalaridan biri bölgan).
Lidiya Mugambe 2013 yildan beri Uganda Oliy sudi sudyasi hisoblanadi, 2023 yilda u BMTning Xalqaro qoldiq mexanizmi böyiça jinoiy tribunal sudyasi etib tayinlangan. Öşa yilning özida Mugambe Oksford universitetida yurisprudensiyani örgangan. Fedral oyida esa politsiyaga Lidiya Mugambe Ugandada bir ayolni aldab olib kelgani, uni uyida işlaş va bolalariga qaraşga majburlayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.









