Oksford qirollik sudi BMT sudyasi Lidiya Mugambeni qullik mehnatidan foydalaniş, qörqitiş va Buyuk Britaniya immigratsiya qonunçiligini buziş maqsadida fitna uyuştirişda aybdor deb topdi. Bu haqda Britaniya politsiyasi xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga köra, Mugambe noqonuniy ravişda Ugandadan bir ayolni mamlakatga olib kelgan va öz mavqeyidan va jabrlanuvçining huquqlarini bilmasligidan foydalanib, uni majburiy mehnatga jalb qilgan hamda qörqitgan.

Sobiq sudya uşbu ayblovlarni rad etgan va ayol öz xohişiga köra işlaganini bildirgan. Mazkur iş böyiça hukm 2 may kuni çiqariladi. Lidiya Mugambe hozirda hibsda saqlanmoqda. Oldinroq BMT boş kotibi ofisi uni diplomatik daxlsizlikdan mahrum etgandi.

Lidiya Mugambe 2013 yildan beri Uganda Oliy sudi sudyasi hisoblanadi, 2023 yilda u BMTning Xalqaro qoldiq mexanizmi böyiça jinoiy tribunal sudyasi etib tayinlangan. Öşa yilning özida Mugambe Oksford universitetida yurisprudensiyani örgangan. Fedral oyida esa politsiyaga Lidiya Mugambe Ugandada bir ayolni aldab olib kelgani, uni uyida işlaş va bolalariga qaraşga majburlayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.