Moskvada politsiya xodimlari şaharda yaşovçi ayoldan 9 kg geroin moddasini topişgan. Giyohvand vosita uning ijaradagi uyida aniqlandi, deb xabar qilmoqda TASS RF IIV rasmiy vakiliga asosan.
"Tekşiruv davomida politsiyaning narkotik moddalar aylanişini nazorat qiliş bölimi xodimlari va uçastka inspektorlari Örta Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bölgan 26-yoşli ayolni qölga olişdi. U giyohvand moddalar tarqatişda gumon qilinmoqda. Ayolning uyida 9 kg taqiqlangan vositalar topildi", - degan vakil.
Ma'lumotlarga köra, jinoyatçining uyida geroinli bir neça öram, polietilen paketlar, törtta kofe maydalaş uskunasi va elektron tarozilar aniqlangan.
"Ayol narkotik moddalarni noma'lum şaxslardan xarid qilib, uni öramlarga joylab çiqqan va xaridorlarni qidiriş bilan şuğullangan", - deya ta'kidlab ötdi IIV vakili.
Xabar qilinişiça, uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.












