Özbekiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Qobul Berdiyev va Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Şoygu harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş şartnomasini imzoladilar. Bundan taşqari, ikki harbiy idoralar örtasida 2017 yilga möljallangan reja ham vazirlar tomonidan tasdiqlangan, deb xabar qilmoqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligi.
"Bugun uşbu hujjatning imzolanişi sizning mamlakatingiz Qurolli kuçlarini jihozlaş masalalarini zudlik bilan hal etiş va ularning jangovar salohiyatini oşiriş imkonini beradi. Şu bilan birga, mudofaa idoralarimizning hamkorligini faollaştiriş hamda unga amaliy tus berişga harakat qilmoqdamiz", - degan Rossiya mudofaa vaziri.
Uning sözlariga köra, bu birinçi galda, Rossiya va Özbekiston harbiy xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan qöşma anjumanlar, ikki davlat Qurolli kuçlari harbiy salohiyatini mustahkamlaş, harbiy kadrlar tayyorlaş, harbiy-texnik hamkorlikka tegişlidir.
"Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan bugungi kundagi mavjud tahdidlar va çaqiriqlar, ularga barham beriş böyiça sa'y-harakatlarni birlaştirişga undaydi. Bizning mamlakatlarimizga terrorçi-jangarilarning kirib kelişiga yöl qöymaslik muhim masaladir", - deb ta'kidlagan Sergey Şoygu.
Bundan taşqari, vazirning qöşimça qilişiça, Özbekiston Qurolli kuçlarini 2020 yilgaça Rossiyaning zamonaviy qurol-aslahalari va harbiy texnikalari bilan qayta jihozlaş va modernizatsiya qiliş dasturi ham amalga oşiriladi.

















