«Zarar yetkaziş vositalarining, birinçi navbatda, uçuvçisiz tizimlarning rivojlaniş dinamikasi, ularni qöllaş usullarining murakkabligi şundayki, endi Rossiyaning heç bir mintaqasi özini xavfsiz his qila olmaydi», dedi Şoygu Ural federal okrugidagi sayyor yiğilişda.

Uning sözlariga köra, «yaqin vaqtgaça Ural Ukraina hududidan havo hujumlari uçun yetib bölmas edi», ammo bugungi kunda «bevosita tahdid zonasida».

Şoygu mintaqaning sanoat va mudofaa salohiyati uçun xavflarni qayd etdi, bu, şu jumladan, davlatning iqtisodiy xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlaydi. Uning eslatişiça, Uralda mudofaa sanoati, energetika va kimyo sanoatining strategik korxonalari, eng yirik neft va gaz konlari, şuningdek, Rossiyaning Yevropa va Osiyo qismlarini boğlaydigan quvurlar, temiryöl magistrallari va avtomobil yöllari joylaşgan.

«Ularning işdan çiqişi nafaqat katta iqtisodiy zarar yetkazişi, balki yirik aglomeratsiyalarning hayot faoliyatini beqarorlaştirişi, ta’minot zanjirlarini, şu jumladan maxsus harbiy operatsiyani ta’minlaş uçun muhim bölgan ta’minot zanjirlarini buzişi mumkin», deb ta’kidladi Şoygu.

Ural federal okrugi tarkibiga oltita sub’yekt kiradi: Sverdlovsk, Çelyabinsk, Kurgan, Tyumen viloyatlari, şuningdek, Xanti-Mansi va Yamal-Nenets avtonom okruglari. Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan beri Ural viloyatlari bir neça bor Ukraina dronlari hujumiga uçradi. UQK 2500 km gaça bölgan dronlarga 2024 yildan beri ega. Şuningdek, 3300 km masofaga uça oladigan dronlar ham işlab çiqilgan.

Ötgan yilning oktyabr oyida Ukraina dronlari Ukraina bilan çegaradan taxminan 2000 km uzoqlikda joylaşgan Tyumen neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgan edi.