Turkiya hukumati mamlakatda yangi konstitutsiya qabul qiliş böyiça referendum ötkazilişi arafasida favqulodda holat rejimi bekor qilinadi. Yangi konstitutsiyaga köra davlat prezidentlik boşqaruvi şakliga ötişi közda tutilgan. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binoli Yildirim ma'lum qilgan.

Turkiyada favqulodda vaziyat rejimi şu yilning 16 iyuliga ötar keçasi davlat töntarişiga uriniş bölib ötganidan keyin 3 oy muddatga joriy qilingandi. Keyinroq bu muddat uzaytirildi.

"Agar referendum (yangi konstitutsiya böyiça) ötkazilişi belgilansa, biz heç kimga bu referendum bosim ostida ötkazilgani haqida gapirişiga sabab qoldirmaymiz. Şuning uçun referendum arafasida favqulodda vaziyat rejimi bekor qilinadi", — degan Yildirim NTV telekanali efirida turib.

Bundan avvalgi xabarlarda Yildirim ma'lum qilgandiki, partiya parlamentga boşqaruvning prezidentlik şakliga ötişni közda tutuvçi yangi konstitutsiya loyihasini taqdim qilgani aytilgandi. Vazirning sözlariga köra, unga parlamentda 367 kişi ovoz bersa, qabul qilinadi. Loyiha kamida 330 deputat tomonidan ma'qullansa, referendum ötkaziladi. 

Turkiya hukumatidagi Adolat va taraqqiyot pariyasi raisi örinbosari Hayati Yazidjining ma'lum qilişiça, referendum 2017 yilning aprelida ötkazilişi mumkin.

Parlamendagi 2 muxolif partiya (Xalq respublikasi partiyasi vakillari bölgan söl-markazçilar va kurdlarning Xalq demokratik partiyasi) bu taşabbusga qarşi çiqmoqda. Ular Turkiya respublikasiga asos solingan 1923 yildan buyon amalda bölgan parlamentar boşqaruvi saqlanib qolişini istaşadi. Muxolifat Turkiyaning amaldagi rahbari Rajab Toyyib Erdöğanning yakkahokimlikka intilişda ayblamoqda.