Deputatlar “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Hujjatda Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, faoliyatini taşkil etiş tartibi hamda vakolatlari belgilangan.
Şuningdek, Administratsiyaning mansabdor şaxslari, boşqaruv va xizmatçi xodimlari faoliyatining kafolatlari belgilab qöyilgan.
Qonun loyihasida Administratsiyaning davlat organlari va taşkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari bilan aloqalari ham oçib berilgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.
Konstitutsiyaga töldiriş
2023-yil 1-maydan e’tiboran Özbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri kuçga kirgan edi. 2026-yil 25-iyul kuni uşbu yangi tahrirdagi Konstitutsiya ilk özgartiş va qöşimçalar kuçga kirdi.
25-iyuldan kuçga kirgan “Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun bilan, Özbekiston konstitutsiyasining beşta moddasiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Törtta moddadagi özgarişlar Toşkent xalqaro moliya markazining maxsus huquqiy maqomga ega bölişini ta’minlaşga qaratilgan bölsa, 109-moddadagi özgariş Prezident Administratsiyasi bilan boğliq.
Konstitutsiyaning 109-moddasiga quyidagiça qöşimçalar kiritildi:
“Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz vakolatlarini amalga oşirişni taşkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini şakllantiradi hamda uning Rahbarini tayinlaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, faoliyatini taşkil etiş tartibi va vakolatlari qonun bilan belgilanadi”.

















