Janubiy Koreya prezidentining sobiq kotiblaridan biri Xyon Gi Xvan 29 noyabr kuni Pusan şahri prokuraturasiga korrupsiyaga aloqadorlik böyiça tergov berdi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Tergov jarayoni prezident Pak Kin Xe impiçmenti bilan yakunlanişi ehtimoli tobora kuçayib borayotgan bir vaqtda bölib ötgan. Ötgan oyda, Koreya vaqtli matbuotida prezident dugonasi Tsoy Sun Silning poraxörlik va davlat işlariga aralaşganligiga oid xabarlar paydo bölgaç, siyosiy mojaro avj olgan edi.
2015 yil iyulidan Pak Kin Xening siyosiy masalalar böyiça maslahatçisi bölgan Xyon Gi Xvan Pusanda 101 qavatli LCT osmonöpar binosini qurayotgan tadbirkorga imtiyozlar taqdim etganlikda gumon qilinmoqda.
Tadbirkor ham quriliş çoğida bir ön million dollarni özlaştirganlikda gumon qilinib, hibsga olingan.












