Vengriyada işçi taşrifi bilan bölib turgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Budapeştda Yevropa davlatlarida işlovçi mamlakat elçilari bilan uçraşdi.
Mamlakat rahbari amaldorlarni “Tojikistonning 2030 yilgaça milliy rivojlaniş strategiyasi” bilan taniştirib, ular oldiga uni amalga oşiriş uçun yevropalik hamkorlarni jalb etiş vazifasini qöydi.
Şuningdek, Tojikiston rahbari elçilarga Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça vazifalarni ham belgilab bergan.
Tojikistonning mintaqa davlatlari bilan terrorçilik, ekstremizm va giyohvand moddalar aylanişiga qarşi kuraş böyiça hamkorligini kuçaytiriş masalalari ham körib çiqildi.












