Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe korrupsiya mojarosi böyiça töğridan-töğri guvohlik berişini ma'lum qildi. U buning uçun maxsus prokurorni tayinlaydi, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi prezident ma'muriyatiga tayangan holda.

Suriştiruv jarayonini olib boruvçi maxsus prokurorga Seul prokuraturasining sobiq rahbari Pak Yon Su aylanişi mumkin. Uni muxolif partiyalar tavsiya qilişgan. Ayni damda xususiy huquqiy amaliyot bilan şuğullanayotgan mutaxassisning jamoasiga 105 kişi kirişi kutilmoqda. 

Erkin suriştiruv jarayoni uç oy içida yakunlanişi kerak. Şuningdek, muddat mamlakat prezidenti tasdiqlovi bilan yana bir oyga çözilişi mumkin.

Tergovçilar Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Sil bilan boğliq janjallarga aloqasi borasidagi gumonlarni tekşirib çiqadi. Davlat rahbari bilan 40 yil davomida taniş bölgan 60 yoşli ayol kompaniyalardan pora olib, davlat işlariga aralaşgan. Şu bilan bir qatorda, u heç qanday rasmiy vazifani egallamagan. 

Kuni keça esa prezident Pak Kin Xe mamlakat xalqi oldida uçinçi marotaba uzr söradi va muddatidan oldin iste'foga çiqişga tayyor ekanligini ma'lum qildi.