Toşkent şahri haydovçilari Özbekiston hukumati rahbariyatidan poytaxt köçalaridagi harakatlaniş qatnaşçilariga qulaylik yaratiş maqsadida yangi petitsiyani e'lon qilişdi. Facebook tarmoğining "Voditeli Taşkenta" ijtimoiy guruhi uşbu petitsiya matnini joylaştirdi.
"Hurmatli, Şavkat Miromonoviç, barça özbekistonliklar nomidan Özbekistondagi yöl harakati qatnaşçilariga qulay şaroitlar barpo qiliş, aniqroği, yöllardagi, ayniqsa tartibga solinmaydigan çorrahalar hamda qayrilib oliş joylarida ikki tomonlama harakatlaniş çoğida haydovçilar, yölovçilar uçun yöl kengligi böylab körinişni yaxşilaşda yordam berişingizni sörayman", — deyiladi petitsiyada.
Gap qarama-qarşi transport vositalari oqimlarini ajratib turuvçi tösiqlar haqida bormoqda. U özining konstruksiyasi bilan qatnov qismini haydovçi va yölovçi tomonidan töliq nazorat qilişga imkon bermaydi. Buning oqibatida, köplab YTH yuz bermoqda. Bularning aksariyatiga haydovçilarning tösiq narigi tomonidan kelayotgan yölovçilarni sönggi lahzada körib qolişi yoki qayrilayotgan avtomobil qarşi yönalişda kelayotgan transport vositasini oldinroq ilğay olmayotgani sabab bölmoqda.
"Muhimi şuki, yölni köriş har joyda yaxşi bölişi kerak, qatnovning ikki tomoni va har bir iştirokçi uçun", — deb yozgan petitsiya muallifi Artyom Malikov. Uning özi bu muammoni hal etiş uçun yöl örtasidagi tösiqlarni töliq yoki qisman olib taşlaşni taklif qilgan.








