2016 yilning 1 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda öz missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Namik Guner Erpulni qabul qildi. Bu haqida TIV rasmiy saytida xabar berildi.
Manbaga köra, uçraşuvda Turkiya elçisi faoliyatining samarali bölganligi qayd etilgan. Şuningdek uning ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi özaro manfaatli munosabatlarni kengaytirişga qöşgan hissasi yuqori baholangan.
17-18-noyabr kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga taşrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erişilgan kelişuvlar hamkorlikni rivojlantirişdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligining isbotidir.
Namik Erpul, öz navbatida, Özbekistondagi missiyasini bajarişiga qulay imkoniyat yaratib berilgani uçun minnatdorçilik bildirdi.












