Daniya hukumati avval qabul qilingan qarorlarga köra, dekabr örtalarida xalqaro koalitsiyaning IŞIDga qarşi kuraşida iştirok etayotgan öz qiruvçi va transport samolyotlarini ortga çaqirtirib oladi va şu bilan birga Iroqqa muhandislik va quruvçilik işlarida maslahat beriş bilan yordamini kengaytiradi. Bu haqda Daniya hukumatining matbuot uçun bergan xabarida aytib ötildi

Avvalroq OAV Daniya hukumati 17 sentabrda suriyalik harbiylarga berilgan aviazarbadan keyin IŞIDga qarşi operatsiyada iştirok etayotgan 7 ta F-16 samolyotini çaqirtirib olişni rejalaştirayotganini ma'lum qilgandi.  

"Daniya koalitsiyaga yangi kömak taklif qilmoqda, şu tariqa maslahat yordamini 150 ga yaqin mutaxassis amalga oşiradi. 2017 yilda hukumat koalitsiyaga körsatayotgan yordamini saqlab qoladi, biroq rejalaştirilgandek, aviatsiyani ortga çaqirtirib oladi", deb aytdi Daniya taşqi işlar vaziri Anders Samuelsen.

Daniya parlamenti Iroq va Suriyaga 7 ta qiruvçi va bitta transport samolyotini yuboriş haqidagi qarorni 2016 yil aprelda bu missiya kamida 6 oy içida tugaşini hisobga olgan holda qabul qilgandi. Bundan taşqari, Daniya Iroqning jangarilardan ozod qilingan va Suriyadagi muxolifat kuçlari nazoratida bölgan hududlarga fuqarolik kömagini amalga oşiradi.